Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari arafasida TerDUda yangidan qurilgan binolar foydalanishga topshirildi.

Eng ulug‘ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda. Aholi turmush farovonligiga xizmat qiladigan maskanlar ishga tushirilmoqda.

Xususan, bugun Termiz davlat universitetida bir yo‘la uch obyekt – 700 o‘rinli Talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni istiqlol ayyomi bilan qutladi hamda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalarni yangi ob’ektlar ochilishi bilan tabrikladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi, yangidan qurib foydalanishga topshirilgan ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli talabalar turar joyining umumiy qiymati 31 mlrd so‘m bo‘lib, 50 foiz davlat subsidiyasi va 50 foiz universitet mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. Ilmiy-tadqiqot markazini 7 qavatli 750 o‘rinli binosining umumiy qiymati 26,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, eng zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan, kurash hamda dzyudo sport turlariga ixtisoslashtirilgan Sport majmuasi esa 3,4 mlrd so‘mga barpo etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 74

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 67

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil