Rektor rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi.

Rektor rahbarligida Termiz davlat universitetida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar hamda mazkur yoʻnalish boʻyicha masʼul dekan oʻrinbosarlari va tyutorlar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. 

Ma'lumot uchun: universitetda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 12 nafar yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, 13 nafar fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari hamda 51 nafar tyutorlar faoliyat yuritib kelishmoqda.

Rektor yoshlar bilan ishlashda umumiy yondashuv qoniqarsiz ekanini, har bir talaba taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, bu boradagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi:

Besh kun muddat ichida dekan oʻrinbosarlari, tyutor va xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilarning yillik ish-rejalarini qayta ishlab chiqish va ish yuritish, faoliyat hujjatlarini tartibga solish;

- oʻz siyosiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy oshirib borish;

- ingliz tilini oʻrganib, tegishli sertifikat olish;

- tyutor va xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilarning faoliyatini ham KPI platformasiga kiritish va ustama belgilash;

- maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va talabalar qamrovini oshirish;

- xotin-qizlar kengashi raisi masʼulligida univesritetda “Qizlarjon” klubi faoliyatini yoʻlgan qoʻyish;

- haftada bir kunni ayol professor-oʻqituvchi va talaba-qizlar oʻrtasida “Milliy liboslar kiyish kuni” sifatida targʻib qilish vazifalari yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 74

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil