Murojaat va yechim

Rektor A.Toshqulov universitetning ichki ta'lim yo‘nalishlarida o‘qishning shaklini o‘zgartirish va tiklash bo‘yicha ariza topshirgan talabalar bilan uchrashib, ularning bu boradagi muammo va takliflarini tingladi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida hal etilib, vaqt talab etadiganlari boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda Termiz davlat universitetida qishki oʻqishni koʻchirish, tiklash boʻyicha jami 84 nafar talabalardan hujjatlar qabul qilingan. Shundan, kunduzgi taʼlimdan sirtqi taʼlim shakliga 65 nafar, kunduzgi taʼlimdan kechki taʼlim shakliga 2 nafar, oʻqishini qayta tiklash boʻyicha 6 nafar talabalardan kelib tushgan arizalar ijobiy hal etilgan. Kechki taʼlim shaklidan kunduzgi taʼlim shakliga koʻchirish boʻyicha 11 nafar talabalarning murojaatlari rad etilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 74

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil