Rektor 2024-yilda kafedra mudirlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi:

Kafedralarda ishga qabul qilish qat’iy tanlov asosida amalga oshiriladi va har bir ishga olinayotgan xodim suhbatdan o‘tkaziladi;

Kafedralar bir yilda eng kamida 2 ta xorijiy adabiyotni tarjima qilish va yangi o‘quv darsliklar xarid qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqishi;

Hemis.tersu.uz platformasiga sifatli fan kontentlarini o‘z vaqtida joylashtirib borishi;

talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini kunlik amalga oshirish mexanizmiga o‘tish, shuningdek, mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlarini elektron platforma orqali qat’iy belgilashi;

professor-o‘qituvchilarni xorijiy yetakchi universitetlarga stajirovka va malaka oshirishga yuborish, nufuzli oliygoh mutaxassislarini dars jarayonlariga jalb qilish;

professor-o‘qituvchilarga bitta xorijiy til - ingliz tilini o‘rganish majburiy va bu bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; 

xalqaro Scopus nashrida maqola chiqarish, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlarini oshirish, monografiya, o‘quv darsliklarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 74

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 67

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil