2024 yil Termiz davlat universiteti uchun yuksalish yili bo‘ladi

Bugun universitetda 2023 yil sarhisobiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Rektor A.Toshqulov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da universitetdagi ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish, o‘quv auditoriyalar va laboratoriyalardagi moddiy-texnik bazani yaxshilash hamda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.

Ma’lumot uchun: yakunlanayotgan yilda Milliy reytingda universitet 33-o‘rinni egallab, oldingi yilgi ko‘rsatkichdan 9 pog‘ona yuqoriladi. Xalqaro UI GreenMetric universitetlar reytingini aniqlovchi tashkilotning 2023 yil universitetlar reytingi ro‘yxatida nufuzli 877-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, THE Impact Ranking (1001+) reytingida Reporter maqomiga ega bo‘ldi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda 2024 yilda universitetda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Bu borada o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tkazish, asosiy e’tiborni mustaqil ta’limga  qaratish, ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish, universitet jamoasining mehnatini baholovchi KPI tizimini yo‘lga qo‘yish va tizim ko‘rsatkichlariga asosan samarali faoliyat olib borgan o‘qituvchilarni  rag‘batlantirish, xorijdagi nufuzli universitetlardan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, ichki turizmni keng yo‘lga qo‘yish belgilab berildi.

Bundan tashqari, universitetning 70 yillik yubileyini nishonlash: yuqori saviyadagi konferensiya va uchrashuvlar o‘tkazish, universitet muzeyini tashkil etish hamda yangi ob’yektlarni foydalanishga topshirish kabi muhim rejalarni amalga oshirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil