Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berilgan professor-o‘qituvchilarimizga fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) diplomlari hamda professor va dotsent attestatlari rektor A.Toshqulov tomonidan topshirildi. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro fan olimpiadasida faxrli o‘rinlarni egallagan sovrindor talabalar rag‘batlantirildi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq universitetda ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini oshirish va bu borada qishki ta’til davrida professor-o‘qituvchilarning ish samaradorligini yaxshilashga qaratilgan o‘qitishning modul-kredit tizimiga asoslangan seminar trening va o‘quvlar tashkil etish shuningdek, 2022 yilgi universitet reyting natijalari muhokama qilinib erishilgan yutuqlar va yul quyilgan kamchilliklar tahlil qilindi.

2024 yilning yanvar oyi boshidan xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish va universitetning reyting ko‘rsatkichlarini respublikamizdagi Top 20 talik OTMlar qatoriga olib chiqishga xizmat qiluvchi KPI rag‘batlantirish tizimini amalda joriy etish kabi qator masalalar Kengashda ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzatib boring

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil