REKTOR SOATI

Bugun “Rektor soati” bo‘lib o‘tdi. Unda soha prorektorlari, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda o‘tgan hafta berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil etildi va mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.   Xususan, ijro intizomi, oraliq va joriy nazoratlarni adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, fakultetlarda yangi yil bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazish, talabalarning o‘zboshimchalik bilan ommaviy bayram yig‘inlarini tashkil etmasligi bo‘yicha tushunchalar berish hamda turli noxush holatlarning oldini olish, ularning ta’til munosabati bilan o‘z uylariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil