“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida yig‘ilish tashkil qilindi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Komplayens nazorat tizimi boshqaruv bo‘limi boshlig‘i U.M.Devonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis A.F.Mansurov, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashning maqsadi jamiyatdagi korrupsiyaga barham berishdir. Korrupsiyaga qarshi cheklovlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar quyidagilar ekanini ta'kidlashdi:

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish yoki korrupsiya uchun sharoit yaratish;

- boshqa shaxslarni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etishga undash;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilgan yoki sodir etilishi kutilayotgan hamda boshqa shaxslarni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga undagan holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni e'tiborsiz qoldirish, sukut saqlash va yashirish;

- manfaatlar to'qnashuvining kelib chiqishiga yo'l qo'yish va ularning oldini olish choralarini ko'rmaslik;

- o'z funksional vazifalarini bajarish uchun moddiy va nomoddiy ne'matlarni qabul qilish;

- yuqori mansabdor shaxslarga sovg'alar berish va norasmiy xizmatlar ko'rsatish.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil