Darband o‘quv amaliyot bazasi “Yashil makon” dasturi doirasida yanada obod maskanga aylanmoqda

Universitet balansidagi “Darband o‘quv amaliyot bazasi” talabalarning o‘quv amaliyot o‘tashi va ularning ta’til vaqtlarida ustozlari bilan maroqli xordiq chiqarishiga mo‘ljallangan maskan hisoblanadi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bir necha yillardan beri talabalar o‘quv amaliyotlarini ushbu maskanda o‘tashmoqda.

“Yashil makon” dasturi doirasida 2023 yil kuz mavsumida oromgoh hududida kuzgi ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tog‘li hududda jami 6200 tup (archa daraxti turlari, bodom, yong‘oq, alyandr, burchin, gujum, pavloniya, sosna, mojjevelnik, chinor kabi) mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Sug‘orish inshootlarini yaxshilash, hududda mavsumga mos obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Kelgusida ushbu maskan yashil hududga aylantirilib, talabalarning o‘quv amaliyotlarini o‘tash va dam olishlari uchun yanada ko‘rkamlashtiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil