Universitet ishchi-xodimlari uchun sayohat tashkil etildi

Termiz davlat universitetida ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi doirasida universitet kasaba uyushma qoʻmitasi hamkorligida 38 nafar ishchi-xodimlar Qashqadaryo va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qilishdi.

Dastlab sayohatchilar Shahrisabzdagi Koʻk saroy, Oq Saroy, Dorut-Tilovat memorial majmuasi hamda A.Temur haykali kabi ming yillik tarixni oʻzida aks ettiruvchi meʼmoriy obyektlar va qadimiy yodgorliklarda boʻlishdi.

Sayohat Koʻhna va zamonaviy sivilizatsiya tutashgan shahar nafaqat xorijiy, balki mahalliy sayyohlar bilan hamisha gavjum boʻlgan Samarqandda davom etdi. Xodimlar Registon, Goʻri Amir maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Hazrati Hizr majmuasi hamda Samarqand sitida boʻlib, zamonaviy majmualarni tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega boʻldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil