Termiz davlat universitetida yangi tayinlov

Bugun Prezident Administratsiyasi departament rahbari Odil Abdurahmonov va boshqa mehmonlar Termiz davlat universiteti jamoasi bilan uchrashib, universitetda amalga oshirilgan ijobiy ishlarni eʼtirof etdilar.

Yigʻilishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq amaldagi rektor Avaz Raximovich Maraximov yangi Nurafshon davlat universitetiga rektor etib tayinlanganligi munosabati bilan Abduqodir Hamidovich Toshqulov Termiz davlat universiteti jamoasiga rektor sifatida tanishtirildi.

Universitetning koʻp ming sonli jamoasi Avaz Raximovich Maraximov va Abduqodir Hamidovich Toshqulovlarning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Tayinlovga qadar A.Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda ushbu lavozim tugatilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil