TerDU kimyogarlari Pragadagi oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etishmoqda.

Ayni paytda Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti dekani X.Toʻrayev, noorganik kimyo kafedrasi mudiri Sh.Qosimov, analitik kimyo kafedrasi dotsenti Z.Jumayeva, doktorant N.Amanova Chexiya  Respublikasining Praga shahridagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻtkazilayotgan “Yevropa universitetlarida taʼlim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etishmoqda.

Seminar ishtirokchilari Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng qadimgi va klassik universitetlardan biri boʻlgan 1348-yilda tashkil topgan Praga shahridagi Karlov universitetiga tashrif buyurishdi. 

Dasturga muvofiq Chexiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri, Chexiya diplomatik fanlar akademiyasi rektori, professor Cyril Svoboda tomonidan “Kadrlar tayyorlashda innovatsion texnologiyalar va texnik vositalar” mavzusida olib borilgan oʻquv darslarida ishtirok etishdi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Praga qalʼasi, Vatslav maydoni, Eski shahar va Karlov koʻprigi bilan tanishishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil