Ruhiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash

Talabalarga jinsiy va reproduktiv salomatlik, shu jumladan axborot va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyati
Talabalarga doimiy ravishda jinsiy va reproduktiv salomatlik to’g’risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, turli tadbirlar o’tkazilmoqda. 
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 203-auditoriyasida “Jinsiy va reproduktiv salomatlik” mavzusidagi tadbir 
BAYONNOMASI 15.12.2021 y.  Termiz shahri Qatnashdilar: Zoologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M.Raxmatova (tibbiy bilim asoslari mutaxassisi), Zoologiya kafedrasi katta o’qituvchisi B.Raxmatullayev, Tabiiy fanlar fakulteti 2-kurs 120-guruh talabalari

Kun tartibi:
Eshitildi: Zoologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M.Raxmatova “Jinsiy va reproduktiv salomatlik” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada jinsiy va reproduktiv salomatlik bo’yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, yoshlar hayotida jinsiy va reproduktiv salomatlikning o’rni, bu sohada amalga oshirilishi kerak kerak bo’lgan  tadbirlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalarga yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikoh, uning oqibatlari, oldini olish haqida tushuntirildi.
 Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan Zoologiya kafedrasi katta o’qituvchisi B.Raxmatullayev so’zga chiqib, jinsiy va reproduktiv salomatlik bo’yicha asosan nimalarga e’tibor berish kerakligi, bu masalada talabalar oldiga qo’yiladigan vazifalar to’g’risida qimmatli va qiziqarli ma’lumotlar va tavsiyalarni berdi. 
Shundan so’ng tadbir qatnashchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Jumladan, Biologiya ta’lim yo’nalishi talabalari M.Abraeva, D.Roziqova va boshqa qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
So’ng tadbir qatnashchilariga jinsiy va reproduktiv salomatlikka oid bo’lgan videofilьm namoyish qilindi. Tadbir qatnashchilariga bukletlar tarqatildi.
Yuqoridagi ko’plab savol-javoblar, fikr va mulohazalardan so’ng yig’ilish 

QAROR QILADI:

1. Zoologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M. Raxmatovaning ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
2. Tadbir ishtirokchilari jinsiy va reproduktiv salomatlik haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishlari, targ’ibot qilishlari vazifasi yuklatilsin.

Ruhiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash
Universitetda professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarning salomatligi, jumladan ularning ruhiy salomatliklarini qo’llab-quvvatlash maqsadida profilaktoriy ishlab turibdi. Boysun tumani Darband qishlog’ida “Darband” oromgohi ishga tushirilib, professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarning dam olishlari, davolanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil