Termiz davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyati samaradorligi monitoringi bo‘lib o‘tmoqda

Universitet rektorining buyrug‘i asosida oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura, doktorantura) faoliyati samaradorligi monitoringi joriy yilning 10-12-oktyabr kunlari tashkil etildi.

Monitoringda 21 ta ixtisoslik doirasida tayanch doktorant (PhD) va doktorant (DSc) larning faoliyati, shaxsiy ish rejasining bajarilish holati, ilmiy ish doirasida maqolalarning chop etilganligi, xalqaro va respublika konferensiyalaridagi ishtiroki, ilmiy izlanishlarida xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanilayotganligi, ilmiy rahbarlarning tadqiqotchilar bilan olib borayotgan faoliyati hamda fakultetlar va kafedralarga biriktirilgan tadqiqotchilarning ichki tartib qoidalariga amal qilish holati, yaratilgan shart-sharoitlarga oid masalalar muhokama qilindi.

Monitoringda tadqiqotchilar taqdimot shaklida universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va ishchi o’z ilmiy faoliyatlari bo’yicha hisobot berishdi.

Ma’lumot uchun: universitetda 21 ta ixtisoslik doirasida 113 nafar tadqiqotchi (7 ta doktorant, 106 ta tayanch doktorant) oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil