Ustozga ehtirom

Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz Normat Yo'ldoshevning ilm va hayot yo‘liga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar ustozning bugungi kundagi yutuqlari va erishgan natijalarini alohida e'tirof etishdi. 

Yo‘ldoshev Normat Temirovich o‘zining ko‘p yillik ilmiy izlanishlari davomida XX  asr o‘zbek she’riyatining yorqin yulduzlaridan biri – Abdulhamid Cho‘lpon merosini yuzaga chiqarish, uni kitobxonlar hukmiga havola etish maqsadida izlanishlar olib bordi. Shu mehnat samarasi o‘laroq  1991-yilda “Universitet” nashriyotida “Cho‘lpon hayoti va ijodi bibliografiyasi”ni chop ettirdi va ilk bor Cho‘lpon asarlarining ro‘yxatini e’lon qildi. 1991-1994-yillar mobaynida Cho‘lpon she’riyati bilan jiddiy shug'ullanib, qator maqolalar chop ettirdi.  Jumladan, “Cho‘lpon talqinidagi Sharq”, “Majnun bo‘lib elni sevaman”, “Cho‘lponning ramziy lirikasiga doir chizgilar” maqolalari,  “Cho‘lpon she’riyatida peyzaj” risolasi bugungi kun cho‘lponshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil