TerDUda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Termiz davlat universitetida "Korrupsiyasiz soha" loyihasining amalga oshirilishi o‘rganildi.

Universitet rektori A.Maraximov bu borada muassasada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirar ekan, universitetda barcha o‘quv jarayonlari HEMIS axborot tizimi orqali to‘liq raqamlashtirilgan holda amalga oshirilishi korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilayotganligini ta'kidladi. 

Bugungi kunda o‘quv auditoriyalari (jami 402 ta auditoriya) IP kameralar, dars jarayonlari bir nuqtadan boshqarish simulyatsiya markazi orqali kuzatib borilmoqda (саmera.tersu.uz).

Dars jadvallari va imtihonlar ro‘yxatini eʼlon qilib borish uchun maxsus info.tersu.uz tizimi va telegram boti yaratilgan.

Korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida universitetga qabul jarayonlari, ijodiy imtihonlar, davlat attestatsiyasi imtihonlari internet tarmog‘i orqali efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yilgan (kamera.tersu.uz).

Yangi o‘quv yili oldidan talabalar turar joylariga masofadan joylashish uchun murojaat qilish imkonini beruvchi maxsus platforma yaratildi. Shuningdek, Termiz shahri bo‘yicha talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish va ularni monitoringini olib borish uchun maxsus tizim yaratilgan.  (ttj.tersu.uz, admintjj.tersu.uz)

O‘rganish mobaynida Ishchi guruh universitet xodimlari hamda talabalar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifati va salmog‘ini yana-da oshirish, jumladan, korrupsiya va uning oqibatlariga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil