O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasida TerDU rektori A.Maraximov o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi davom etmoqda, bugungi uchrashuvlarda Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov  "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari" mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 

Konferensiya doirasida bir necha xalqaro oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Sankt-Peterburg davlat universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, A.L.Shtiglits nomidagi Sankt-Peterburg davlat san’at va sanoat akademiyasi, Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida ushbu oliy ta’lim muassasalari va Termiz davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, turli ekspeditsiya, konferensiya va tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil