Termiz davlat universitetida navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilish avvalida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kengashda universitet rektori, kengash raisi Avazjon Maraximov kun tartibidan o’rin olgan asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini munosib kutib olish, “Bilimlar kuni”ni tantanali o‘tkazish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik to‘g‘risidagi masalalar ijrosiga to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, kun tartibidan universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, optimallashtirish hamda yangilangan boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida; 

Universitet talabalarini kutib olish, yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish va ijarada yashovchi talabalarga tegishli mezon asosida ijara to‘lovlarini to‘lash ishlari;

Termiz davlat universiteti Kengashining yangi tarkibini hamda 2023/2024-o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash;

Universitetning 2023/2024-o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash;

Universitetning 2023/2024-o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida (bo‘lim, fakultetlar kesimida) va turli xil masalalar ko‘rib chiqildi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

 Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil