Yangi o‘quv yili uchun TTJlar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Yangi o‘quv yilida TTJlarda olib borilayotgan tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida TerDU yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev boshchiligida dekan o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlar bilan birgalikda oliygohdagi talabalar turar joylari ko’zdan kechirildi.

O‘rganish davomida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalarning tozaligi, texnika xavfsizligi qoidalari tekshirildi va bu borada zarur tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tamizki, Termiz davlat universitetida 2695 sig‘imli 6ta TTJlar mavjud. Shu kunga qadar http://ttj.tersu.uz platformasi orqali 1000 nafardan ortiq talabalar TTJlar uchun arizalar yuborishgan. Shuningdek, 3000dan ortiq ijara xonadonlari shakillantirilgan bo‘lib, 500dan ortiq arizalar ijara xonadonlari uchun kelib tushgan. Arizalar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o'tamiz, onlayn ariza topshirish davom etmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar https://t.me/terdu340/21276 asosida yuqori kurs talabalari TTJga va ijara xonadonlariga joylashishlari uchun http://ttj.tersu.uz manziliga online ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari kerak.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil