Termiz davlat universiteti professorlari Erasmus+ loyihasi doirasida Germaniya safarida.

Germaniyaning WWU-Münster Germanistika instituti professori, adabiyot kafedrasi mudiri, Erasmus loyihasi bo'yicha koordinator, doktor S.Royvekamp, Vuppertal universiteti professori, CEF markazi rahbari, doktor M.Martines, o'qituvchi-assistent S.Krauze, Myunster universiteti doktoranti S.Islomov, magistrant B.Akseki va Termiz davlat universiteti Roman German tillari kafedrasi mudiri, professor U.Imomovalar rasmiy uchrashuv o'tkazishdi.

Uchrashuv Erasmus+ loyihasi doirasida bo‘lib, 2024-yil avgust oyida o'tkaziladigan Sommerschule (yozgi maktab) tashkil etilishiga bag'ishlandi. Ushrashuvda Termiz davlat universiteti Roman German tillari kafedrasi o'qituvchilari va nemis tili yo'nalishi talabalari uchun 25 ta o'rin ajratilgani ma’lum qilindi. Ushbu yozgi maktabga kafedraning ko‘ngilli o‘qituvchilari va talabalari puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda. 

Shuni ham aytib o‘tish joizki, Termiz davlat universiteti Roman German tillari kafedrasi mudiri, professor Umida Imomova  xalqaro universitetlar ro'yxatida yuqori o'rinlarda turuvchi Germaniyaning Bremen shahridagi Gyote institutida 13 ta davlat vakillaridan iborat bo'lgan maxsus kursni muvaffaqiyatli yakunladi. 

Loyiha doirasida kasbiy va til ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha seminar-trening darslari o'tildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil