TerDU o‘qituvchisi "Litva tili va madaniyati" yozgi kursida stajirovkani muvaffaqiyatli tamomladi.

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi mudiri G'ayratjon Qudratov Litva davlat granti sohibi bo'lib, 2023-yil 8-iyuldan 6-avgustgacha Litva Respublikasi Kaunas shahri Vytautas Magnus Universitetida tashkil etilgan "Litva tili va madaniyati" yozgi kursida stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatga ega bo'ldi. Mazkur kursda dunyoning 15 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishdi. 

Vytautas Magnus Universiteti Litvaning yetakchi universitetlaridan biri bo’lib, 1922-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu universitetda 8200 nafardan (shundan 1835 nafari xorijlik talabalar) ortiq talabalar 10ta fakultetda tahsil olmoqda. Vytautas Magnus Universiteti The Times Higher Education World University Rankings xalqaro reytingida dunyoning 500 ta eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilgan. 
 
Termiz davlat universiteti va Vytautas Magnus Universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil