Termiz davlat universiteti va Karlova universiteti o'rtasida hamkorliklar mustahkamlanmoda

Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximovning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda. Xususan, bugun Termiz davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti rektorlari Karlova universiteti kutubxonasi bilan batafsil tanishib chiqishdi.

Shundan so’ng, Karlova universiteti Arxeologiya ilmiy tekshirish markazi direktori bilan uchrashib, markazda amalga oshirilgan ishlar, ilmiy natijalar  bilan o‘rtoqlashildi. 

Termiz davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Karlova universiteti mutaxassis olimlari va tadqiqotchilari hamkorligida Yerqo‘rg‘on tarixiy arxeologik majmuasi, Nasaf (Naxshab) qadimiy manzilgohi, Surxon-Sherobod vohasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish, tadqiqotlar olib borish,  o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil