Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov Karlovo universiteti rektori bilan uchrashdi

Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximovning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda. Bugun TerDU rektori Karlovo universiteti rektori, professor Milena Kralichkova bilan uchrashdi. Muloqotda arxeologiya sohasida hamkorlik xususida so‘z bordi. 

Karlovo universiteti dunyoning eng qadimiy universitetlaridan biri bo’lib, XIV asr o‘rtalarida Chexiya qiroli Karl IV tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda 53 ming nafardan (shundan 7 ming nafari xorijlik talabalar) ortiq talabalar 17 fakultetda tahsil olmoqda. Karlovo universiteti The Times Higher Education World University Rankings xalqaro reytingida dunyoning 500 ta eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, universitet Oksford, Sorbonna, Boloniya va Jeneva universitetlari bilan birga Yevropa universitetlari assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi. 
 
Termiz davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Karlovo universiteti rektorlari o‘rtasida samimiy ruhda kechgan muloqot davomida Yerqo‘rg‘on tarixiy arxeologik majmuasi, Nasaf (Naxshab) qadimiy manzilgohi, Surxon-Sherobod vohasi arxeologik yodgorliklarini hamkorlikda o‘rganish va ularning pasportini yaratish orqali yodgorliklarni saqlash va kelajak avlodga yetkazish, o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratish masalasi muhokama qilindi. 

O‘zbekistonning janubiy vohalarida joylashgan ushbu tarixiy, arxeologiya yodgorliklarini o‘rganish maqsadida qo‘shma arxeologik ekspeditsiya tuzish va uning tarkibiga arxeolog olimlar, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Arxeologik ekspeditsiyani moliyalashtirish Yevropa Ittifoqining Erasmus dasturi doirasida amalga oshirish rejalashtirildi. Muloqot yakunida yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil