XALQARO ALOQALAR KENGAYMOQDA

Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximovning Yevropa Ittifoqi  Erasmus+ dasturi Kredit mobilligi (Credit Mobility) xalqaro loyihasi doirasida Janubiy Chexiya universitetiga safari davom etmoqda. Xususan, TerDU rektori xizmat safari davomida Janubiy Chexiya universiteti Pedagogika fakulteti dekani, tabiiy fanlar doktori, dotsent Yelena Koldova bilan uchrashdi. Muloqotning bosh mavzusi pedagogik ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi. 

Janubiy Chexiya universiteti Pedagogika fakultetida asosan boshlang‘ich sinf  o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim bakalavrlari qatorida, 30 dan ortiq mutaxassisliklar, ya’ni aniq, tabiiy va ijtimoiy – gumanitar fanlari bo‘yicha maktablarning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Uchrashuvda ushbu tajribalarni Termiz davlat universitetida tatbiq etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, Janubiy Chexiya universitetida maktab o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasi, xususan, pedagogika-psixologiya yo'nalishlarida, umumta’lim  maktablarida matematika va fizika fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash, amaldagi o‘quv reja va dasturlarni qo‘llash, o‘zaro tajriba almashish, Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilarini Termiz davlat universiteti o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Tashrif davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil