TerDUga Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi. 

Dastlab Termiz davlat universitetida talabalarga  yaratilgan qulay va zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot beruvchi rolik namoyish etildi. 

Uchrashuvda Oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari xususida soʻz yuritilib, bu borada qator loyihalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida taklif va tashabbuslar bildirildi. Xususan, Manish Prabxat mamlakatimizda dasturchilik sohasiga  qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, Termiz davlat universitetida IT markazini tashkil etish va uni yoʻlga qoʻyishga oid taklifni bildirdi. Universitet rektori bugungi kunda kelajagi porloq va anchagina daromadli kasbga aylanib borayotgan, jahon miqyosida juda qadrlanadigan - dasturchilik yoshlar uchun juda muhim yoʻnalish ekanligini va bu loyihani amaliyotga tadbiq etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishini alohida taʼkidladi. 

Shuningdek, uchrashuvda 2 ta loyiha — ICCR-Hindiston madaniy aloqalari Kengashi hamda keng imkoniyatlarni taqdim etuvchi I-Tech markazi bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi. 

Qolaversa, bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalarni Hindiston oliy oʻquv yurtlariga oʻz mutaxassisliklari  boʻyicha taʼlim olishi, Hindiston-Oʻzbekiston madaniyatini oʻrganish maqsadida talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, tarix va arxeologiya borasida yangi ilmiy qoʻshma ekspeditsiyalar joriy etish va Hindiston tajribasidan unumli foydalanish boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil