TerDU talabasi e'tibordan mamnun

Inson qadrini ulugʻlash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanib, Prezidentimiz tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Valijon Ravshanov ham yoshligidan kichik boʻlsa ham oʻz uyi, xonadoni boʻlishini orzu qilardi. Viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov tashabbusi bilan Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakultetining 4-bosqich talabasi 2 xonali xonadon bilan taʼminlandi. 

Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov talaba V.Ravshanov xonadoniga tashrif buyurib, kerakli uy jihozlarini sovgʻa qildi. Bunday gʻamxoʻrlik va eʼtibordan mamnun boʻlgan xonadon egasi endilikda jamiyat rivoji, yurt taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilishini bildirdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil