Hindistonlik professorlar bilan xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov hamda bir guruh hindistonlik professorlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
 
Dastlab rektor eng yirik oliy taʼlim muassasasi hisoblangan Termiz davlat universiteti faoliyati, keyingi yillarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning munosib zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, yuz berayotgan yangiliklar, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda erishilayotgan yutuqlar xususida to‘xtalib o‘tdi. 
 
Uchrashuvda Termiz davlat universitetida turli yo‘nalishlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilayotganligi va bu kabi uchrashuvlar tarix, IT, biologiya yo‘nalishlaridagi loyihalarni rivojlantirishga samarali xizmat qilishi alohida qayd etildi. 
 
Termiz davlat universiteti rektori hindistonlik professorlarga xorijiy tillarni integrallashgan tarzda o‘qitish bo‘yicha taklifni ilgari surdi va bu borada hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirdi. Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham o‘zaro fikrlar almashildi.


Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil