UCH AVLOD UCHRASHUVI

Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga eʼtibor va gʻamxoʻrlik qilish, ularga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat koʻrsatish maʼnaviy hayotimizning tom maʼnoda ajralmas qismiga aylangan. Zero, keksalarning oltin oʻgitlariga amal qilib yashash komillik, turmush farovonligimiz va tinchlik-osoyishta hayotimiz garovidir.

30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan  "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" hamda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiorlari  ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. 

Uchrashuvda turli sohalarda samarali faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar, harbiylar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda mehmonlar yosh avlod vakillariga o'zlarining bosib o'tgan hayot yo'llari haqida, muvaffaqiyatlari va hayotidagi qiyinchiliklari, shuningdek, universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida so'z yuritdi. 

Bundan tashqari harbiy qism komandirlari yoshlarga harbiylar hayoti, bugungi kunda yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida to'xtalib o'tishdi. Mazmunli va samimiy tarzda o'tgan bu uchrashuvdan uch avlod vakillari birdek mamnun bo'lishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil