Yangi O‘zbekiston - yoshlar mamlakati

Bugun katta g‘urur va iftixor bilan ayta olamizki, yoshlarimiz uchun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki yuksak maqsad, tom ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylangan.

Yoshlarni vatanga sadoqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarga dahldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish va o‘tkazish maqsadida Termiz davlat universiteti binosida talabalar bilan “Yangi O‘zbekiston - yoshlar mamlakati!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism komandiri polkovnik A.Sadikov, universitet Yoshlar masalalari bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev hamda Yoshlar yetakchisi I.Tolipov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga harbiylar hayotiga oid turli xil ma’lumotlar, imtiyoz va imkoniyatlarga to’xtalib o‘tildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil