IQTIDORLI TALABALAR TAQDIRLANDI

Termiz davlat universitetida tahsil olish bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan, har jabhada faol, iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida joriy yilning 11-12-may kunlari universitetda “Talabalarning 2022-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an’anaviy 49-ilmiy-amaliy anjumani”ning g‘oliblari, 22-24-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan  “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi g‘oliblari, shuningdek, 2023-yilning may oyida o‘tkazilgan “TechnoWays” marafoni va “Texnofest” tanlovining universitet bosqichi g‘oliblariga diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi. 

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot olib borayotgan talabalarga o‘z tajribalari bilan o'rtoqlashdi, turli maslahatlar berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil