Yosh yuristlar — adolat qanotlari.

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti va Yuridik fakulteti tashabbusi bilan 6-TTJ hovlisida "Yosh yuristlar-adolat qanotlari" nomli tadbir o`tkazildi. 

Unda so`z olgan Yoshlar masalasi va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektr Obidjon Shofiyev “Yosh yuristlar” klubi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi. Shuningdek, klubni rivojlantirish borasida ham o`z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Tadbirda “Buvijonlar maktabi” a`zosi Saltanat Yusupova ham ishtirok etib, talabalarga turli yo’nalishlarda maslahatlar, motivatsiyalar berdi. 

Tadbir davomida "Konstitutsiya bilimdoni" tanlovi, jonli ijrodagi qoʻshiqlar, qiziqarli oʻyinlar, "Ustoz-shogird" anʼanasi boʻyicha iqtidorli talabalar hurmatga ega boʻlgan ustozlarga oʻz minnatdorchiligini dil izhorlari orqali bildirib oʻtdilar.

Yil davomida faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar fakultet dekani nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Xuddi shunday 2-TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun konsert dasturi tashkil etildi. Alohida tayyorgarliklar asosida o’tkazilgan konsert dasturida yangragan milliy va zamonaviy qo’shiqlarga barcha birdek raqsga tushib, vaqtlarini mazmunli o’tkazishdi.

Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarish va ularga ko’tarinki kayfiyat, zavq ulashishdan iboratdir.  

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 62

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil