PERLIS UNIVERSITETI — “ТОP 1000” RO’YXATIGA KIRITILGAN

Xabar berganimizdek, ayni paytda Termiz davlat universiteti vakillari Malayziyada bo'lib turibdi. Delegatsiya a’zolari Malayziyaning Perlis universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, bu yerdagi ilm-fanga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishdi. 

Malayziyaning Perlis universiteti (University Malaysia Perlis-UniMAP) 2001-yil 25-iyulda tashkil topgan bo’lib, 10 662 nafar talabalar tahsil oladi. Ularning 531 nafarini xorijiy talabalar tashkil etadi. 14 ta fakultet samarali faoliyat yuritmoqda. Universitet  2023-yilda QS agentligining Top 1000ta universitetlari ro'yxatida 801-o'rinni egallagan va eng yaxshi Osiyo universitetlari orasida 301-350-o'rinda turadi. Ushbu oliygoh axborot texnologiyalari va elektron injineriya sohasiga ixtisoslashtirilgan bo'lib, eng zamonaviy (Clean room laboratories) labaratoriyalarga ega.

TerDU rektori A.Maraximov boshchiligidagi delegatsiya mazkur universitetning zamonaviy, qulay va yorug', shinam kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda talabalar barcha turdagi ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni o'qib-o'rganishlari, kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlari uchun barcha qulayliklar yaratilganligi alohida e'tirof e'tildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 62

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil