TerDU delegatsiyasi Malayziyada

Xabar berganimizdek, Termiz davlat universiteti vakillari Malayziyada bo'lib turishibdi. Tashrif doirasida universitet rektori, professor A.Maraximov, professor I.Allakov, professor CH.Normurodov  talabalar uchun seminar-trening o'tib berishdi.

Xususan, universitet rektori A.Maraximov sun'iy intellekt istiqbollari, rivojlanish tendensiyalari, turli sohalardagi yutuqlari xususida tinglovchilarga batafsil ma'lumot berdi.  

Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, professor Chori Normurodov  Begaliyevich "Navye-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli modellashtirish" mavzusida maʼruza qildi.

Shuningdek, Algebra va geometriya kafedrasi professori Ismoil Allakov “Tub sonlar qatnashgan additiv masalalar” mavzusida ma’ruza qildi. Barcha ma'ruzalar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. 

Shundan so'ng, universitet rektori A.Maraximov TerDU faoliyati, oliygohda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar, yangiliklar, erishilayotgan yutuqlarga doir prezentatsiya o'tkazdi. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 62

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil