Termiz davlat universitetining navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilish avvalida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi hamda xalqaro matematika olimpiadasida munosib ishtirok etgan talabalar taqdirlanishdi.

Kengash kun tartibidan oʻrin olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati;

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar bandligini taʼminlash, sifatli taʼlim bilan qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish maqsadida “qizil” toifadagi imkoniyati cheklangan yoshlarni bepul IT yoʻnalishi, sport va repititorlik toʻgaraklariga qamrab olish;

Termiz davlat universiteti hududida quyosh panellari geostansiyasini barpo etish;

Talabalar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish choralari;

Professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejalari asosida shakllantirilgan universitetning istiqboldagi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida va boshqa turli masalalar koʻrib chiqildi. 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 71

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil