Yoshlar hayotida yangi sahifa ochilmoqda

Viloyat hokimi U.Qosimov tomonidan Termiz shahridagi “qizil toifa”ga kiruvchi yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda yigit-qizlar bilan ishlashda Termiz shahri namunasi, tajribasini yaratish boʻyicha topshiriq berilgan edi. Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov Termiz shahridagi “qizil toifa”dagi yoshlarning qiziqishi va istaklariga koʻra, universitetda xorijiy tillar, IT sohasi, sport toʻgaraklari va umumkasbiy fanlardan bepul oʻquv kurslarini tashkil etib berish hamda hududlarda yoshlar bilan ishlashda koʻmaklashish maqsadida universitet talabalaridan iborat volontyorlar guruhini shakllantirib berish tashabbusi berildi. Bu tashabbus viloyat hokimi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. 

Mazkur tashabbusning amaliy natijasi sifatida Termiz davlat universitetida Termiz shahridagi 350 nafarga yaqin “qizil toifa”dagi yoshlar va ularning ota-onalari jam boʻldi. Unda universitet rektori A.Maraximov, yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi J.Choriyev, Termiz shahar hokimi oʻrinbosari K.Ashurov va boshqalar ishtirok etishdi.

Universitet rektori yoshlarga qiziqishlari va istaklariga koʻra xorijiy tillar, IT sohasi, sport toʻgaraklari hamda istalgan yoʻnalishlari boʻyicha bepul oʻquv kurslari tashkil etib berilishi, ularga malakali professor-oʻqituvchilar biriktirilishini maʼlum qildi. Shu joyning oʻzida yoshlar qiziqishlari boʻyicha bepul oʻquv kurslari va sport toʻgaraklariga yoʻnaltirilib, malakali professor-oʻqituvchilar biriktirildi. 

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan ota-onalar tomonidan universitetda mahallalarda “qizil toifa”ga kirmaydigan yoshlar uchun ham xuddi shunday oʻquv kurs va sport toʻgaraklari tashkil etish taklifi berildi. Universitet rektori tomonidan bu taklif qoʻllab-quvvatlanib, barcha sharoitlar yaratib berilishi taʼkidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 71

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil