Fransiyalik Joanna Luillier talabalarga ma’ruza o’tdi

Fransiyaning Arxeorient ilmiy laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Baqtriya prototarixi va arxeologik missiyasi direktori Joanna Luillier Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 1-kurs talabalariga “O`rta Osiyoning Bronza (miloddan avvalgi III-II mingyilliklar) davri moddiy madaniyatining o`ziga xos xususiyati” mavzusida ochiq ma`ruza o`tdi. 

Ma`ruzada Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi Burguttepa, Kayrittepa, Quduq buloqtepa, Tulkitepa yodgorliklarida Termiz davlat universiteti va Fransiyaning Leon universitetlarining qo`shma ekspeditsiyasi tomonidan qo`lga kiritilgan natijalar haqida ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, Termiz davlat universitetining bir guruh tarixchi olimlari Fransiyaning Leon universiteti va Arxeorient ilmiy laboratoriyasida malaka oshirib kelishmoqda. Ikkala oliy o`quv yurti o`rtasida mobillik asosida talaba almashinuvini yo’lga qo’yish rejalashtirilgani esa yanada quvonarlidir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 71

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil