Urush faxriylarining jasoratini Vatan unutmaydi!

Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchilari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida Sherobod tumanidagi "Galaguzar" mahallasi Charog'on ko'chasida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi 100 yoshni qarshilagan Kenja bobo Ilamanov xonadoniga  tashrif buyurishdi. 

Suhbatda Kenja bobo Rossiya, Belorussiya, Ukraina va Moldaviya shaharlarida bo'lib o'tgan xizmat faoliyatlari va urush voqealarini eslab, bugungi tinchlikni qadriga yetishimiz lozimligini alohida ta'kidladi. Urush faxriysiga alohida izzat–ikrom koʻrsatilib, uning jang maydonlaridagi jasoratlari va urushdan keyingi yillardagi mardonavor mehnatlari sharaflandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil