Urush qatnashchilari e’zozlanmoqda.

"9-May-Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Obid Shofiyev, Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi, talabalar urush yillarida mardlik va jasorat koʻrsatgan yurtdoshimiz Jumaqul bobo Qulliyevning xonadoniga borib, ehtirom koʻrsatishdi.

Jumaqul bobo Qulliyev umrining eng kuchga toʻlgan yillarini jang maydonlarida o’tkazishiga to’g’ri keldi. Davr mashaqqati, undagi qiyinchiliklar Jumaqul boboni ham chetlab o’tmadi. Ammo u yigitlik burchidan chekinmadi, aksincha Vatan himoyasida sobit turdi. Bugun yurtimizda  Jumaqul bobo singari o’z vatani tinchligini ta’minlashga hissa qo’shganlarga alohida hurmat, e’zoz ko’rsatilmoqda. 

Uchrashuvda Jumaqul bobo urush xotiralari, boshidan kechirgan mashaqqatlari haqida talabalarga so’zlab berar ekan, yoshlarni bugungi tinch va xotirjamlikning qadriga yetishlarini so’radi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil