TEATR IBRAT MAKTABIDIR

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston davlat drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Ojiza demang bizni” nomli komedik spektakl namoyish etildi.
 
Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” asari asosida Rasuljon Togʻayqulov rejissyorligi asosida sahnalashtirilgan mazkur spektaklda ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularning har jabhada ilg'or ekanligi aktyorlar tomonidan mohirona ijro etildi. 

Ayniqsa,"Teatr haftaligi" doirasida talabalar e'tiboriga komediya janridagi spektaklning havola etilishi, yoshlarga haqiqiy kulgu zavqini ulashdi. Shuningdek, tomoshabinlar aktyorlar  ijrosidagi joʻshqin, shoʻx musiqa va raqslardan bahramand boʻlishdi. 

Teatr har qanday davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma'naviyatini yuksaltirishda uning alohida o'rni bor. Iqtitorli aktyorlar tomonidan namoyish etilgan mazkur spektakl ham talabalarning vaqtini mazmunli o'tkazish, ma'naviy olamini yanada boyitishga xizmat qildi. 

Oliygohda spektal tomoshalari davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil