Xitoylik olimlar bilan hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov hamda Xitoy Madaniy meros instituti direktori Ma Jian oʻrtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Muzokarada TerDU tarix fakulteti dekani Sh.Abdulloyev, professor Sh.Shaydullayev, tarix fanlari nomzodi dotsent T.Annayev va xitoylik mutaxassislar ham ishtirok etishdi. 
Maʼlumot oʻrnida, Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-gʻarbiy universiteti boshchiligidagi 11 nafar professor-olimlardan iborat delegatsiya Termiz davlat universitetiga tashrif buyurgan.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad ikki universitet hamkorligida  Surxondaryo vohasida qadimgi odamlar va tabiatning oʻzaro munosabati loyihasi boʻyicha 2023-2025-yillarda ilmiy-amaliy ishlar olib borish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Milodiy VIII asrgacha boʻlgan vohadagi 40 dan ortiq yodgorliklarni oʻrganish rejalashtirilgan.  

Uchrashuv natijasida ikki oliy oʻquv yurti olimlarining kelajakdagi istiqbolli rejalari muhokama etildi va yakunda memоrandum imzolandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil