“Nodir va noyob metallar kimyosi va texnologiyasi: bugungi holati, muammolari va istiqbollari”

TerDUda “Nodir va noyob metallar kimyosi va texnologiyasi: bugungi holati, muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tashabbusi bilan Kimyo fanlari doktori, professor Hasan Turabovich Sharipov xotirasiga bagʻishlangan “Nodir va noyob metallar kimyosi va texnologiyasi: bugungi holati, muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

 Unda Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi Sh.S.Namazov, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi S.S.Negmatov, t.f.d., prof. A.S.Xasanov, TerDU kimyo fakulteti dekani, k.f.d., prof. X.X.Toʻrayev, shuningdek, xorijiy universitetlardan jumladan, Qozogʻistondagi akademik A.Kuatbekov nomidagi xalqlar

doʻstligi universiteti t.f.d., prof. R.A.Tashkarayev., Moskva RTU MITXT universiteti k.f.d., prof. T.M.Buslayeva hamda Respublikamizdagi qator universitetlardan professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi. 

Konferensiyada taʼkidlanganidek, kimyo fanlari doktori, professor, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, Leybnis nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasining akademigi Hasan Sharipov nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijda ham fizik kimyoning muhim boʻlimlaridan biri – kristallar kimyosi, kamyob va nodir metallarning noorganik va koordinatsion birikmalari spektrokimyosi boʻyicha ilmiy maktab asoschisi va taniqli olim sifatida tan olingan.

Shuningdek, kamyob va nodir metallar rudalari va texnogen chiqindilarni qayta ishlash uchun gidro- va pirometallurgiya jarayonlarining fizik-kimyoviy asosi boʻlgan kerakli xossalarga ega boʻlgan kimyoviy birikmalarning maqsadli sintezini bashorat qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi tuzilish hamda kimyoviy xossalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrnatishga muhim hissa qoʻshgan olimlardan biridir.

100 nafardan ortiq professorlar, ilm vakillari ishtirok etgan mazkur Respublika ilmiy-amaliy konferensiya kimyo sohasida yanada koʻproq amaliy tajribalar oʻtkazish, fanda yangiliklar yaratish, sohani rivojlantirish, qolaversa, yosh olimlar o’rtasida oʻzaro fikr almashish imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Konferensiya doirasidagi uchrashuvlar, ma’ruzalar davom etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil