Toshkent shahrida “Zardushtiylikdan Chingizxongacha” nomli koʻrgazma boʻlib oʻtdi

Termiz davlat universiteti va Karlovo universitetlari oʻrtasida tuzilgan arxeologik ilmiy shartnomaga hamda Oʻzbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasiga 20 yil toʻlishi munosabati bilan Toshkent shahrida “Zardushtiylikdan Chingizxongacha” nomli koʻrgazma tashkil etildi.

Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, TerDU professori Sh.Shaydullayev, Karlova universiteti dotsenti Ladislav Stancho, qator vazirliklar mutasaddilari, vakillari ham qatnashishdi.

Mazkur xalqaro arxeologik ekspedisiyaning direktorlari TerDU professori Sh.Shaydullayev va Karlova universiteti dotsenti Ladislav Stancho hisoblanadi. Ekspedisiyaning maqsadi Surxondaryodagi arxeologik yodgorliklarni oʻrganish, Oʻzbekistonning qadimgi tarixini Yevropa xalqlariga tanishtirish va ikki tomonlama amalga oshirilayotgan bu hamkorlik ishlarini keng koʻlamda davom ettirishdan iborat.

Koʻrgazma Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, 25-apreldan 1-maygacha davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil