Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan “Zakovat” intelektual oʻyinida 450 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan “Zakovat” intelektual oʻyini oʻtkazildi. Unda universitetimizdagi barcha bakalavriat va magistratura bosqichida taʻlim olayotgan talabalardan tuzilgan 72 ta jamoada birlashgan talabalar oʻzaro bilim va tajribasini sinovdan oʻtkazishdi. Har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi qatnashdi. 
Mazkur bellashuv haqiqiy bilimlar sinoviga aylanib ketdi. Savollar qatoridan mantiqiy, mushohadaga chorlovchi mavzular ham oʻrin olgani oʻgʻil-qizlarning nechogʻli izlanuvchan, bilimga chanqoq ekanligini yana bir bor isbotladi.

Ilmga, tafakkur bahsiga tikilgan sarmoya — beiz ketmaydi. Chempionat soʻngida 

1-oʻrin “Oʻzgacha” — 2 500 000 soʻm; 
2-oʻrin “Ideal Plus” 1 500 000 soʻm;
3-oʻrin “Progress”, “Lawyer”, “Imperiya” jamoalari egallashdi va bu jamoalarning har biri 1 000 000 soʻm pul mukofotlarini qoʻlga kiritishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil