Termiz shahrida yoshlar bilan ishlashning namunali tizimi joriy etiladi

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqqa asosan Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da viloyat sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev hamda volontyor talabalar ham ishtirok etishdi. 

Taʼkidlanganidek, viloyatda yoshlar bilan ishlash tizimini namunali tarzda tashkil etish maqsadida Termiz shahri tanlab olingan. Yigit-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini taʼminlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul etib, Termiz shahri sektor rahbarlari va tashkilotlar biriktirildi.

Shuningdek, masʼullarga yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini Termiz shahrida namunali tarzda tashkil etish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil