KONSTITUTSIYA O’ZIMIZNIKI

Bugun yurtimizda muhim siyosiy jarayon kechmoqdaki, shubhasiz bu oʻzgarishlar yurt taraqqiyoti, kelajagini belgilab beradi. Eng muhimi bu jarayonda yoshu-qari — barchaning fikri birdek tinglanmoqda. Aytish kerakki, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirsh va qo‘shimchalar zamirida yangilanayotgan davr uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadi yotibdi. Yangi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta’minlaydi.

Termiz davlat universitetida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ’bot tadbirida ham ana shu jihatlar alohida e’tirof etildi.

Termiz davlat universiteti talabalar turar joyi bilan ta’minlash bo‘lim boshlig‘i B.Toshqobilov, tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Bo‘ronov, professor-o'qituvchilar, tyutorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda shuningdek, buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Amir Temur buyuk sohibqiron va davlat arbobi" mavzusida badiiy-ijodiy kecha tashkil etildi. 

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan tarix fakultetining iqtidorli yoshlariga fakultet rahbariyatining faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil