"Buvijonim kiygan liboslar"

Libos nafaqat insonning tashqi ko‘rinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, ma’naviyat va madaniyatning belgisidir. Momo va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarda o‘zbek xalqining qadimiy va o‘chmas ma’naviyati hamda boy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi "Buvijonim kiygan liboslar" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Unda viloyat "Buvijonim maktabi" raisi Robiya To'lakova, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti texnika fanlari nomzodi, dosent Nigora Gofurova, barcha fakultetlarning Xotin-qizlar masalalari bo'yicha  dekan maslahatchilari, tyutorlar hamda Milliy libos va san’at fakulteti talaba qizlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Milliy libos va san'at  fakultetidan jami 25 nafar iqtidorli talabalar tomonidan milliy qadriyatlarimizni hamda zamonaviy talablarni o'zida aks ettirgan liboslarning namoyishi bo'lib o'tdi.

Tadbir soʻnggida ishtirokchi qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil