"Referendum va yoshlar” forumi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning chinakam erki, farovon hayot tamoyillariga yog'rilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishga, buyuk maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratib beruvchi huquqiy asosdir.

Bugun Termiz davlat universitetida talaba-yoshlar va professor-o'qituvchilar tashabbusi bilan "Referendum va yoshlar” forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet professor-o'qituvchilari, tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Forumda Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov, O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Rus va qardosh tillar fakulteti dekani Poyon Bakirov va boshqalar so‘zga chiqib, yangi konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shuningdek, forum davomida tojikistonlik estrada xonandasi Mehrubone Ravshan va vohamizning taniqli san'atkorlari ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil