“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovi bo‘yicha onlayn seminar tafsilotlari

Joriy yil 3-mart kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni vazirlik, idora, davlat tashkilotlarini Surxondaryo viloyati hududidagi xodimlari, OTMlar talabalari va ilmiy izlanuvchilari hamda maktab bitiruvchilari hamda viloyat yoshlar orasida keng targ‘ib etishga qaratilgan onlayn hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda 4000 dan ortiq Surxondaryo viloyatining davlat tashkiloti va muassasa rahbarlari, xodimlari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari va yoshlar ishtirok etdilar.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad respublika hududlaridan iqtidorli yosh mutaxassislarni izlab topish va tanlashga qaratilgan faoliyatni tubdan takomillashtirish, ularning xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda, ta’lim olishini tashkil etish, professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Onlayn uchrashuvni, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. J.Axmedov tomonidan Jamg‘arma ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi bilan bog‘liq yangiliklar to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil