"Yangi konstitutsiya va referendum" targ'iboti

Termiz davlat universitetida bugun barcha fakultetlarida soha mutaxassislar tomonidan "Yangilanayotgan Konstitutsiya" mavzusida axborot va murabbiylik soati o'tkazildi.

Unda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, asosiy qonunimizda aks etgan, inson huquq va erkinliklari, ta’lim, ijtimoiy soha, parlament, sud organlari va hokimiyat tizimi faoliyatiga doir yangi konstitutsiyaviy normalar xususida ham so‘z yuritildi.

Yakunda talaba-yoshlar Yangilanayotgan Konstitutsiya borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu jarayonga faol ishtirok etishni ta’kidlashdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil