Termiz davlat universitetida "Navroʻz" sayli bo'lib o'tdi

Umumxalq bayrami hisoblangan Navro‘z - milliy o‘zligimizning ajralmas qismidir. Ushbu kun azal-azaldan insonlar qalbiga shodu-xurramlik olib kelishi bilan birga, yaratuvchanlik zavqi va shijoatini uyg‘otib, barchani yangi-yangi zafarlarga chorlab kelgan.

Navro‘z yosharish va yangilanish bayrami hisoblanadi. Ushbu qutlug‘ kunda doshqozonlarda sumalak, dasturxonga milliy taomlar tortiladi.

Termiz davlat universitetida ham ushbu bayram dasturi hamda "Rektor kubogi" musobaqa va tanlovlarning yakuni ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Navro‘z ruhi aks ettirilgan badiiy chiqishlar, "Sumalak party","Milliy liboslar podyumi" va talabalar tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar shodiyonaga aylanib ketdi.

Saylda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, universitet rahbariyati va professor ustozlar  barcha talaba-yoshlar bayram bilan muborakbod etishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil